Toshkentda xalqaro yoshlar sammiti boshlandi

Toshkentda xalqaro yoshlar sammiti boshlandi

24.03.2017 0 fikrlar | 421 ko'rilgan

24-mart kuni erta tongdan Yoshlar ijod saroyida respublika miqiyosida ikkinchi bor Xalqaro yoshlar sammitiga start berildi.

26-martgacha  O‘zbekiston Ingliz tili o’qituvchilari uyushmasi (UzTEA) qoshidagi “Yosh yetakchilarni qo’llab-quvvatlash loyihasi” doirasida davom etadigan sammitning ilk kuni avvalida qatnashchilar tashkilot rahbariyati boshchiligidagi tantanali ochilish marosimida qatnashdi.

Marosimdan keyin olib borilgan “Mening yurtim – mening faxrim”  mavzusidagi guruh taqdimotlaridan so‘ng jamoa shakllantirish bo‘yicha treninglar o‘tkazildi.

Aytish kerakki, bu yilgi sammitda guruhlarga monand tarzda quyidagi ichki konferensiyalar o‘tkazish ham dastur kun tartibidan o‘rin olgan:

Media va xorijiy tillar konferensiyasi

Sog‘liqni saqlash konferensiyasi;

Texnologiya va muhandislik konferensiyasi

Iqtisod va biznes konferensiyasi

Yoshlarning jamiyatdagi o‘rni konferensiyasi

O‘tgan yili sammit talaba yoshlar va xalqaro vakillar ishtirokida “Milliy qadriyatlar kelajagimiz poydevoridir” mavzusida ingliz tilida o‘tkazilgandi.

Aytish kerakki, bu yil 24-fevral sanasiga qadar davom etgan qabul jarayoni mobaynida 2099 nafar xalqaro va mahalliy qiziquvchi yoshlar tomonidan arizalar kelib tushgani qayd etildi.

 

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.