«LEADERS TALK» YIG‘ILISHI O‘ZBEKISTON-YAPONIYA MARKAZIDA BO‘LIB O‘TDI

«LEADERS TALK» YIG‘ILISHI O‘ZBEKISTON-YAPONIYA MARKAZIDA BO‘LIB O‘TDI

24.06.2017 0 fikrlar | 158 ko'rilgan

24- iyun kuni  O‘zbekiston-Yaponiya markazida Yosh yetakchilarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi (YLDP)ning “Sardorlar suhbati” (Leaders talk) klub yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Damir Muzafarov YLDP loyihasi qatnashchilariga o‘zining ish faoliyati, hayotiy tajribasi, xususan, Yaponiyaga tashrifi taassurotlari haqida so‘zladi.

Uchrashuv qatnashchilari mavzuga doir videolavhalar, rasmlar va slaydlar orqali yapon xalqi, ularning urf-odat va madaniyati haqida ma’lumot oldi. Shuningdek, ma’ruzachi tomonidan turli interaktiv o‘yinlar o’tkazildi. Tadbirda shuningdek ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Eslatib o‘tamiz, “Leaders Talk” o‘z sohasida muvaffaqiyatga erishgan insonlar, jamiyat yetakchilari bilan ingliz tilida suhbatlar o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Juma kunlari tashkil qilinadigan bunday uchrashuvlar o‘tgan yildan beri sayyor tarzda suhbatdoshlarning ish joylarida tashkil qilinishi an’anaga kirgan edi. O‘tgan davr ichida Toshkentdagi Inha universiteti, Elektron hukumatni rivojlantirish markazi, Newmax Technologies, Dinara & Co. kompaniyalari yetakchi mutaxassislari bunday yig‘ilishlarga mezbon bo‘lishgan edi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.