ENDI “SCOPUS” MA‘LUMOTLAR BAZASIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI YANADA KENGAYADI

ENDI “SCOPUS” MA‘LUMOTLAR BAZASIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI YANADA KENGAYADI

20.07.2017 0 fikrlar | 102 ko'rilgan

2017-yil 20 iyul kuni O‘zDJTU Axborot resurslar markazida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchilar uchun “SCOPUS” ma’lumotlar bazasidan samarali foydalanish amaliyoti yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘zDJTU ilmiy ishlari bo‘yicha prorektori, Toshkentdagi bir qator oliy o‘quv yurtlarining kafedra mudirlari, ilmiy bo‘lim xodimlari, Axborot resurslari markazlari rahbarlari, ilmiy izlanuvchilar hamda professor o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Seminarda ELSEVIER kompaniyasining Markaziy osiyo va Ozarbayjondagi mintaqaviy rahbari Aliya Ospanova “SCOPUS” platformasining qidiruv tizimidagi imkoniyatlari, jumladan:

  • “SCOPUS” ma’lumotlar bazasida qidiruv;
  • so‘rovni aniqlash va qidiruv natijalarini analiz qilish;
  • “SCOPUS” profilida ishlash;
  • xirsh indeksi;
  • ilmiy jurnal, ilmiy konferensiyalarni tanlash;
  • ilmiy jurnallarni qidirish va tahlil qilish bo‘yicha master klass o‘tib berdi.

Mazkur semenardan ko‘zlangan maqsad – “SCOPUS” ma’lumotlar bazasidan samarali foydalana olish bo‘yicha ko‘nikma hosil qilish, ilmiy maqolalar tayyorlash va ularni yuqori impakt-faktorga ega bo‘lgan ilmiy nashrlarda chop ettirish tartibi va qoidalari bilan tanishtirish.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.