O’zDJTU talabalarini ish bilan ta’minlaydi

O’zDJTU talabalarini ish bilan ta’minlaydi

21.02.2017 0 fikrlar | 1 163 ko'rilgan

21-fevral kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida bir haftalik «Bitiruvchilar yarmarkasi» ish boshladi. Yarmarkadan ko’zlangan asosiy maqsad 4-bosqich talabalarini ish bilan ta’minlashdan iborat. Bu yerda 20dan ortiq korxonalar bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etishmoqda.

Tadbirning ochilishi munosabati bilan universitet faollar zalida kechgan maxsus marosimda talabalar va ish beruvchilarning umumiy yig’ilishi tashkil etildi. Unda universitet rahbariyati hamda qator vazirliklarning vakillari ishga qabul qilish jarayonining asosiy talablarini keltirib o’tishgan bo’lishsa, talabalar o’zlarining til bilish qobiliyatlarini namoyon etishdi.

Marosimning ikkinchi qismida ish beruvchilar va yosh mutaxassislarning o’zaro tanishuv uchrashuvi va uch tomonlama shartnomalar imzolash jarayoni tashkil etildi.

Yarmarka 24-fevralgacha davom etadi.

 

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.