UZTEA AN’ANAVIY ANJUMANI

UZTEA AN’ANAVIY ANJUMANI

13.06.2015 0 fikrlar | 304 ko'rilgan

O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari uyushmasining (UzTEA) har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinuvchi anjumani bu safar ham respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 250 dan ortiq ingliz tili o‘qituvchilari, yetakchi mutaxassislar hamda ilmiy izlanuvchi xodimlar uchun haqiqiy ma’nodagi tajriba oshirish kuni bo‘ldi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu anjuman ham prezidentimizning 2012-yilning 10-dekabrida e’lon qilingan «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1875-sonli qarori yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar doirasida tashkil etildi.

img_4956

O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi, Respublika Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim tizimi vakillari, Davlat boshqaruvi akademiyasi xodimlari ishtirokidagi ochilish marosimida so‘z olgan mehmonlar aynan xorijiy tillarni o‘qitish, o‘rganish, ta’lim tizimida yangidan-yangi baholash mezonlarini joriy etish, o‘qituvchi-uslubchilarning malakasini muntazam ravishda oshirib borishda zamonaviy metodlardan foydalanish kabi jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Shundan so‘ng anjuman ishtirokchilari 9 ta guruhga bo‘lingan holda yetakchi mutaxssislar boshchiligida seminar-treninglarda qatnashdi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.