VAZIRLIKDA OAV VAKILLARI UCHUN MATBUOT ANJUMANI

VAZIRLIKDA OAV VAKILLARI UCHUN MATBUOT ANJUMANI

30.10.2015 0 fikrlar | 184 ko'rilgan

Joriy yilning 12-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilingan edi.

Farmon mazmuni oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirish maqsadidan iborat.

img_5050

 

30-oktabr kuni Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligida mazkur farmon ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga tatbiq etilayotgan ishlar doirasiga kiruvchi malaka oshirish kurslari, ishlab chiqilayotgan yangi o‘quv dasturlari, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, o‘quv-metodik materiallar mazmunini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

img_5079

Ta’kidlash kerakki, farmon ijrosi bo‘yicha 15 ta tayanch oliy o‘quv yurtlari, 4 ta mintaqaviy hamda bosh ilmiy-metodik markazlarda rektor yoki fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengash raisi rahbarligidagi kengash a’zolari, o‘quv-uslubiy ishlar sohasidagi yirik mutaxassislardan tashkil topgan 22 ta attestatsiya komissiyalari tarkibi shakllantirilgan. Attestatsiya komissiyalari tarkibida 247 nafar a’zo bo‘lib, ulardan 108 nafari ilmiy kengash a’zolaridan iborat. Komissiya raislari sifatida 8 nafar rektorlar va 14 nafar ilmiy kengash raislari tavsiya etilgan.

Anjuman davomida jurnalistlar sentabr-oktabr oylarida o‘tkazilayotgan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari va dasturlarning keyingi amalga oshirish rejalaridan ham xabardor etilishdi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.