II FRANKOFON ASHULA VA TEATR FESTIVALI G’OLIBLARI ANIQLANDI

II FRANKOFON ASHULA VA TEATR FESTIVALI G’OLIBLARI ANIQLANDI

10.05.2017 0 fikrlar | 584 ko'rilgan

Bu yil O`zbekiston Yoshlar teatri ikkinchi bor Frankofon ashula va teatr festivaliga mezbonlik qildi. Unda respublika bo’yicha jami 27 ta maktab, o’rta maxsus kasb-hunar  va oliy ta’lim muassasalarining 200 dan ziyod iqtidorli o’quvchi va talaba yoshlari qatnashdilar.

Festivalning birinchi kuni maktab, litsey va kollej o’quvchilari o’rtasida o’tkazigan bo’lsa, ikkinchi kunida oliy ta’lim muassasalari talabalari o’z chiqishlarini namoyish etdilar.

Hakamlar hay’ati a’zolari sifatida ish olib brogan Fransiyaning O`zbekistondagi elchixonasi til bo’yicha hamkorlik attashesi Frederik Viyom, Yoshlar teatri aktyori va rejissyori Obid Abdurahmonov hamda taniqli rassom Inna Sandlerlar yoshlarning chiqishlarini munosib baholashdi.

G’oliblarni Fransiyaning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor xonim taqdirladi.

Guruhlararo eng yaxshi deb topilganlar: Urganch davlat universiteti, Gijduvon shahridagi 6-maktab hamda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari taqdirlandilar.

Bu yil O’zbekiston Yoshlar teatri tomonidan maxsus “Eng yaxshi ovoz” nominatsiyasi tashkil etildi.

Gijduvon shahridagi 6-maktab o’quvchisi Murod Ahmadov unga munosib deb topildi va u shu teatrda o’qish uchun imtiyozga ega bo’ldi.

Taqdirlash marosimidan so’ng eng yaxshi deb topilgan guruhlar o’zlari tayyorlagan spektakllarini omma ixtiyoriga havola qildilar. Urganchlik talabalar Aleksandr Dyumaning “Uch mushketyor” asarini, Gijduvon shahridagi 6-maktab o’quvchilari Hans Kristian Andersen ertaklaridan “Bemor qirol” spektaklini, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari Jan Batist Molier ijodidan “Burjualik oliyjanob” spektaklini mahorat bilan ijro etdilar.

G’olib jamoalardan yana biri Antuan de Sant Ekzyuperining “Kichkina Shaxzoda” asarini yangicha talqinda, hozirgi dolzarb ekologik muammolarni ko’tarib chiqqan “Kichkina shaxzodaning qaytishi” nomli ijod mahsulini namoyish qilishdi.

Tadbir yakunida Yoshlar teatri rejissyori Obid Abdurahmonov tomonidan sahnalashtirilgan Nini Ma’zurning “Bu men – Edit Piaf” pyessasidan parcha taqdim etildi.

 

 

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.