XALQARO OLIY O’QUV YURTIDA BITIRUVCHILAR KUNI

XALQARO OLIY O’QUV YURTIDA BITIRUVCHILAR KUNI

10.10.2015 0 fikrlar | 464 ko'rilgan

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarining navbatdagi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur oliy o‘quv yurtining o‘qituvchilari, talabalari, ularning ota-onalari, do‘stlari va yaqinlari ishtirok etishdi. Vestminster universitetida bu yil 11-chi marta bitiruvchilarga diplom topshirilmoqda.

Tadbirning asosiy qismlaridan  biri  akademik aso bo‘lib, uni 2003-yilning may oyida Toshkentda Xalqaro Vestminster Universiteti ochilishiga bag‘ishlangan rasmiy marosimda Londondagi Vestminster Universitetining rektori davlatimiz rahbariga topshirgan edi. O‘shandan buyon ushbu aso bu kabi tadbirlarda doimiy ravishda ishlatiladi.

image1

Oliy o‘quv yurtini bu yil “Iqtisodiyot”, “Menejment”, “Axborot texnologiyalari” va “Tijorat huquqi” kabi yo‘nalishlarda 323 nafar talaba  bitirgan bo‘lsa,  ulardan 38 nafari o‘qishni a’lo baholar bilan yakunladi.

Bugungi kunda universitetda Buyuk Britaniya, AQSH va boshqa davlatlardan taklif etilgan o‘qituvchilar bilan birga, xorijda saboq olib qaytgan o‘zbekistonlik ustozlar ham dars berishadi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.