XORIJIY TILLARNI O‘RGANUVCHILAR UCHUN YILNING ENG YAXSHI MAQOLALARI

XORIJIY TILLARNI O‘RGANUVCHILAR UCHUN YILNING ENG YAXSHI MAQOLALARI

17.07.2016 0 fikrlar | 690 ko'rilgan

Dunyoning eng mashhur saytlaridan biri – AdMe.ru o‘z faoliyatida doimiy izlanish va yangiliklarni qo‘llab borishi hech kimga sir emas. Ayniqsa,nashrning xorijiy tillarni o‘rganish sohasidagi manbalar asosida tuzgan foydali, sifatli maqolalari ko‘pchilik o‘quvchilarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Quyida ularning eng qiziqarlilarini siz bilan bo‘lishamiz:
Ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun 70ta qimmatli manba

Doimiy takrorlar va tushunarsiz grammatik mashqlardan charchaganlar uchun tilni o‘rganish borasida yaqindan ko‘maklashadigan yordamchi-manbalar ro‘yxatini tuzdik. Ular bilan hatto zerikarli o‘quv jarayoni ham g‘aroyib sarguzashtga aylanadi. Muhimi, doimo yodda tuting— til o‘rganishdagi muvaffaqiyatning kaliti doimiylikdir!
Ingliz tilini mustaqil o‘rganish uchun 6 usul


Xorijiy tillarni quvnoq va qiziqarli tarzda mustaqil o‘rganishning juda ko‘plab yo‘llari bor. Sasha Chikago to‘plagan 6 metod orqali bu jarayonni yanada sodda va mazmunli qilishingiz mumkin.

Ingliz tilidagi muloqot uchun kerak bo‘ladigan 155 ibora

Ingliz tilida shunday turg‘un ibora va birikmalar borki, bir qarashda tushunish qiyin bo‘lsa ham, bilib olish zarar qilmaydi. Biz ulardan eng mashhurlarini  oddiy jadvalga tuzish orqali foydalanishingizga qo‘shimcha qulaylik yaratdik.

Ingliz tili jargonlaridan 150 ta ifoda

Ko‘p hollarda maktab, kollej yoki oliy o‘quv yurtlarida qat’iy, tartibli va real hayotdan juda uzoq bo‘lgan an’anaviy ingliz tilini o‘qitishadi. Ammo so‘zlashuv tili shunday jargon va o‘tkir ifodalarni o‘z ichiga qamrab olganki, aynan ular tufayli til jonli va jozibali ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Ushbu to‘plamda biz chet elliklar bilan oddiy muloqot davomida sizga o‘ta rasmiy bo‘lib ko‘rinmaslikka yordam beruvchi so‘zlar ro‘yxatini tuzganmiz.

Istalgan suhbatda asqotuvchi 170 ta inglizcha fe’llar

Ingliz tilining o‘ziga xos jihatlaridan biri – bu unda birikmali fe’llarning mavjudligidir. O‘z navbatida, ana shu fe’llar qo‘shimcha va ravishlar bilan birgalikda yaxlit ma’noni anglatadi. Ularning ma’no yaxlitligini uzoq davom etadigan ilmiy tadqiqotlarsiz aniqlash mushkul albatta, biroq so‘z birikmalarini eslab qolish ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmasa kerak. Biz quyidagi ro‘yxatda amerikaliklar va inglizlar odatiy muloqotda qo‘llaydigan fe’llarni tayyorlab qo‘ydik.

TOEFLga tayyorgarlik ko‘rishda yordam beruvchi 15ta bepul manba

TOEFL imtihonini topshirish xorijdagi o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish, ingliz tilini bilishni talab qiladigan ishga joylashishda muhim sanaladi. Umuman, ushbu sertifikat qarshingizda rivojlanishga yo‘l ochib beruvchi imkoniyatlarni taqdim etadi. Biz tavsiya etadigan 15 ta bepul manba esa bu yo‘lda sizga yaqindan yordam berishiga aminmiz.

Ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun 10 ta serial

Ingliz tilini o‘rganishning film ko‘rish uslubi hammaga birdek yoqsa kerak. Taqdim etadigan filmlarimiz odatiy kinofilmlar bilan taqqoslaganda sodda dialoglari, jonli tili, qisqa davomiyligi, qismdan qismga qahramonlarning ovoziga ko‘nikma hosil bo‘lishi bilan ajralib turadi. Quyidagi sara ro‘yxatdan til bilish darajangiz va sevimli janringizga mos istalgan serialni topishingiz mumkin.

Yevropa tillarini o‘rganish uchun 12 foydali sayt

Agar siz bitta xorijiy tilni bilsangiz, yana bittasini o‘rganib oling, oson bo‘ladi.

Siz uchun podkastlar, o‘yinlar, opera ariyalari va detektiv hikoyalar orqali mustaqil ravishda fransuz, nemis, italyan hamda ispan til o‘rganishga ko‘maklashuvchi saytlarni tayyorladik.

Nemis tilida so‘zlashamiz: 30 sayt

Nemis tili dunyodagi keng tarqalgan tillardan biri bo‘lib, Avstriya, Shveysariya, Belgiya va boshqa aksariyat davlatlarning aholisi aynan nemis tilida so‘zlashishadi. Demak, nemis tili nafaqat ish yoki biznes uchun, balki ko‘ngilochar sayohatlar uchun ham nihoyatda foydali hisoblanadi. Bu yerda siz Gyote, Til Shvayger va Nitsshening ona tilidagi manbalar bilan tanishishingiz mumkin.

Ispan tilini egallashning 33 foydali manbasi

Ispan tili bugun dunyodagi eng mashhur ikkinchi til sanaladi. Sabab: boshlang‘ich o‘rganuvchilar grammatika va talaffuzda u qadar katta qiyinchilikka duch kelishmaydi. Tadqiqotchilarning fikricha, yaqin orada ispan tili ingliz tilini surib chiqarib yer kurrasida birinchilikni o‘z qo‘liga olishi mumkin.

Fransuz tilini 25 ta bepul manba orqali o‘rganamiz

Fransuz tili eng chiroyli va musiqali tillardan biridir. Unda she’r yozish, kuylash, sevgi izhor qilishni istaysan kishi. Agar siz ko‘p vaqt va pul sarflashni istamasangiz, unda quyidagi link aynan siz uchun.

Italyancha gapiramiz! 30 sayt yordamga!

Ko‘p asrlar davomidagi siyosiy tarqoqlik italyan tilida turli xil shevalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Bir-birlarini yaxshi tushunish uchun italiyaliklar imo-ishoralardan foydalangan. Bu esa uning hissiyotli va ifodaviy til bo‘lishida katta rol o‘ynagan. Taqdim etadigan manbalarimiz orqali siz qisqa vaqtda Dantening ona tilida gaplashishni uqib olasiz. Vuoi parlare italiano?

Xitoy tilida gaplashamiz

Statistikaga ishonadigan bo‘lsak, xitoy tili yer yuzidagi eng rivojlangan tillardan biridir. Axir, unda 1 milliarddan ortiq kishi gaplashadi. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, iroda va doimiy mashqlar har qanday mushkulotni yengib o‘tishga qodir.

 

Tayyorladi:

Yosinxon Hamidov

O’zDJTU talabasi

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.