Speaker: Carla Harris
The workplace is often presented as a meritocracy, where you can succeed by putting your head down and working hard. Wall Street veteran Carla Harris learned early in her career that this a myth. The key to actually getting ahead? Get a sponsor: a person who will speak on your behalf in the top-level, closed-door meetings you’re not invited to (yet). Learn how to identify and develop a productive sponsor relationship in this candid, powerful talk.
(Video subtitrlar orasida o’zbek tilini ham topishingiz mumkin)
Uzbek Subtitles:
0:01 – 0:05
1988-yilning bahor faslida¶
0:05 – 0:08
mening hayolimga ajoyib bir fikr keldi.
0:08 – 0:10
Mening ilk davra suhbatim mobaynida,
0:10 – 0:12
bu haqda bilmaganlar uchun izoh bersam,
0:12 – 0:16
davra suhbati Uol-Stritda ommabop bo’lgan
0:16 – 0:19
yil yakuni sarhisob qilinadigan jarayon bo’lib,
0:19 – 0:24
analitik, hamkor, vitse-prezidentdan tortib boshqaruvchilargacha qamrab oldi.
0:24 – 0:28
Bu bahs-muhokamalar yopiq eshiklar ortida,
0:28 – 0:31
davra suhbati, ya’ni stol atrofida kechgan
0:31 – 0:34
hamda har bir shaxs tabaqalarga –
0:34 – 0:37
oliy, o’rta toifa va quyi toifalarga bo’lib,
0:37 – 0:40
so’ngra ular bonus sinflariga taqsimlandi.
0:40 – 0:43
Bu har bir professionallik darajasiga qarab belgilandi.
0:43 – 0:47
U yerda ilk bor bo’lib, kuzatar ekanman,
0:47 – 0:50
bir kishi suhbat natijasini tasmaga
0:50 – 0:53
yozishga mas’ul ekanligini ko’rdim.
0:53 – 0:56
Xonada barcha nomzodlarning ishlarini taqdim
0:56 – 0:59
etishga mas’ul bo’lgan boshqa kishilar ham bor edilar.
0:59 – 1:03
Shuningdek, boshqa taklif etilgan mehmonlar ham bo’lib, ular
1:03 – 1:06
taqdim etilayotgan nomzodlarga sharh berishlari lozim edi.
1:06 – 1:10
Menga shunisi qiziq ediki, mazkur boshqa insonlar o’z
1:10 – 1:14
martabalari jihatidan muhokama qilinayotganlardan ko’ra ancha salmoqli edi,
1:14 – 1:18
va ular nazariy jihatdan zikr etilgan nomzodlar bilan muayyan aloqaga ega edilar.
1:18 – 1:22
Hozirda men ilk bora shu davra suhbatida bo’lganimdan nihoyatda mamnunman,¶
1:22 – 1:26
chunki o’zim ham shu jarayonni bosib o’tishimni
1:26 – 1:29
va mening imtiyozlarim aynan shu yo’l orqali hal etilishini bilar edim.
1:29 – 1:31
Shuning uchun men bu uslubning mexanizmi,
1:31 – 1:32
eng muhimi esa maqsadim
1:32 – 1:36
meritokratiya, ya’ni munosiblarni saralash konsepsiyasining afzalliklariga
1:36 – 1:39
bitirgan biznes universitetimdan tortib men suhbatlashgan har bir kompaniya tomonidan
1:39 – 1:40
qay yo’sinda ishontirilayotganini anglab yetish edi.
1:40 – 1:42
Har safar kompaniyalar bilan suhbatimda
1:42 – 1:46
ular menga: “Qadriyatlarimiz, jamiyki jarayonimiz meritokratiyadan iborat”, deyishar edi.
1:46 – 1:49
Bunday tashkilotda ilgarilash uchun siz aqlli bo’lsangiz,
1:49 – 1:52
boshingizni ko’tarmasdan, chinakamiga qattiq ishlasangiz
1:52 – 1:53
albatta eng cho’qqiga ko’tarilasiz.
1:53 – 1:57
Demak, bu aynan qanday kechishiga shohid bo’lish uchun imkoniyat edi.
1:57 – 1:59
Shunday qilib jarayon bo’shlanar ekan,¶
1:59 – 2:02
men yig’ilish bayonnomachisi birinchi shaxs ismini chaqirganini eshitdim.
2:02 – 2:04
“Jou Smit”.
2:04 – 2:08
Jouning ishini taqdim etishga mas’ul ham shunday qildi.
2:08 – 2:11
Taqdimotning so’nggi uchinchi qismida kimdir gapni bo’lib, dedi:
2:11 – 2:13
“Bu ajoyib nomzod, nihoyatda,
2:13 – 2:16
u noyob tahliliy va miqdoriy malakalar sohibi.
2:16 – 2:18
Bir so’z bilan aytganda superyulduz”.
2:18 – 2:20
Bosh bayonnomachi keyin dedi:
2:20 – 2:23
“Demak, Jou oliy tabaqa toifasiga mansub”.
2:23 – 2:26
Ikkinchi kishi, Meri Smit.
2:26 – 2:29
O’sha taqdimot o’rtasida, kimdir dedi: “Pishiq nomzod.
2:29 – 2:32
Ajralib turuvchi aytarlik fazilatlari bo’lmasada, dastyorlikka yaraydi”.
2:32 – 2:34
Bayonnomachi dedi:
2:34 – 2:36
“Meri o’rta toifaga mansub ekanda”.
2:36 – 2:39
Keyin kimdir aytdi: “Arnold Smit”.
2:39 – 2:42
Arnoldning ishini taqdim etuvchi kishi og’zini ochmasdan
2:42 – 2:46
kimdir: “Falokat, ofat. Bu bolaning tuturig’i yo’q.
2:46 – 2:48
Standartlarimizga monand emas”, dedi.
2:48 – 2:50
Nomzod ishi taqdimotidan avval
2:50 – 2:51
bayonnomachi aytdi:
2:52 – 2:55
“Demak, Arnold quyi toifaga boradi”.
2:55 – 2:58
Aynan o’sha lahzalarda men ushladim … marvaridlarimni¶
2:58 – 3:01
(Kulgu)¶
3:02 – 3:05
o’zimga-o’zim “Mening nomimdan kim gapirar ekan-a?” dedim.¶
3:06 – 3:08
Kim mening nomimdan gapiradi?
3:09 – 3:13
O’sha onda men angladimki, meritokratiya g’oyasi
3:13 – 3:17
o’sha har bir tashkilot so’ylaydigan fikr, shunchaki afsona ekan.
3:17 – 3:23
Siz 100 foiz malaka va bilim asoslangan muhitga ega bo’la olmaysiz.
3:23 – 3:27
Gap shundaki, baholash mezonida inson omili mavjud,
3:27 – 3:29
chunki, o’z nomi va tavsifi bilan
3:29 – 3:31
biri ikkinchisini noxolisga chiqaradi.
3:31 – 3:37
O’sha lahzada men anglayotgan edimki, yopiq eshiklar ortida
3:37 – 3:40
mening nomimdan mulohaza yuritayotgan inson
3:40 – 3:43
meni shunday taqdim etayotganda,
3:43 – 3:46
qaror qabul qiluvchilar davra atrofida o’tirib
3:46 – 3:48
mening foydamga javob berayotgan edi.
3:49 – 3:52
Bu nihoyatda mushohada uchun saboq bo’ldi,¶
3:52 – 3:55
va o’zimga-o’zim “Xo’sh, o’sha inson kim?
3:55 – 3:57
Bu insonni qanday nomlash mumkin?”, dedim.
3:57 – 4:01
O’sha vaqtda ommalashgan atama xususida o’ylab,
4:01 – 4:04
dahshat, bu inson murabbiy bo’lishga noloyiq,
4:04 – 4:09
chunki, murabbiyning vazifasi aslida sizga mos maslahatni berish
4:09 – 4:13
aynan sizga va sizning istiqbolingizdagi orzu-umidlaringizga yo’naltirilgan bo’lishi kerak, dedim.
4:13 – 4:16
Yaxshining yaxshiligini, yomonning yomonligini
4:16 – 4:18
hech qanday cheklovlarsiz ayta oluvchilar bor.
4:19 – 4:23
Albatta, duch kelgan kishi himoyachi – advokat bo’la olmaydi,
4:23 – 4:27
chunki kimningdir himoyachisi bo’lish uchun
4:27 – 4:28
pul sarflab o’tirish shart emas.
4:28 – 4:31
Albatta siz alohida xonaga chaqirtirilib, yopiq
4:31 – 4:34
eshiklar ortida advokat bo’lishingizga hojat yo’q.
4:34 – 4:36
Deyarli ikki yil o’tib, bu kishi¶
4:36 – 4:40
qanday atalishi lozimligini tushunib yetdim.
4:40 – 4:42
Men Michigan universitetida so’zga chiqib,
4:42 – 4:44
bo’lg’usi biznes boshqaruvi magistrlariga
4:44 – 4:46
chiqargan saboqlarim haqida gapirar ekanman,
4:46 – 4:48
Uoll-Stritda o’tgan qisqa uch yillik faoliyatimdan keyin
4:48 – 4:50
menda bir fikr uyg’ondi.
4:50 – 4:54
Iye, bu inson axir sening manfaatlaringdan xabardor kishi-ku,
4:54 – 4:57
yoxud aytish mumkinki, hujjatlaringni xonaga ko’tarib kiruvchi
4:57 – 4:59
bu inson shundayki, u sizga nisbatan o’zining
4:59 – 5:02
qimmatli siyosiy va ijtimoiy vaznlarini sarflaydi,
5:02 – 5:06
bu inson sizning nomingizdan stolni taqillatadi,
5:06 – 5:09
bu – homiyku.
5:10 – 5:12
Bu – homiy.
5:13 – 5:15
Keyin esa o’zimga aytdim,¶
5:15 – 5:17
“Xo’sh, qanday qilib homiyga ega bo’lasan?
5:18 – 5:20
Va ochig’ini aytganda, sizga nega homiy kerak?”.
5:20 – 5:22
O’zi siz homiyga muhtojsiz, rosti.
5:22 – 5:23
Chunki, ma’lumki,
5:23 – 5:27
bilishimcha, baholash jarayoni bir bosqichdan iborat emas,
5:27 – 5:30
xoh akademik, xoh sog’liqni saqlash, xoh moliyaviy xizmatlar sohasi bo’lsin,
5:30 – 5:34
bular inson omili mavjud bo’lmagan sohalar emas.
5:34 – 5:37
Demak bu noxolis yondashuv mezoni borligini anglatadi.
5:37 – 5:43
Sizning ishingizni taqdim etuvchi shaxsda subyektivlik o’lchami bor.
5:43 – 5:45
Subyektivlik o’lchovi
5:45 – 5:47
ular nimalar deyishlarida sizda mavjud
5:47 – 5:51
obyektiv ma’lumotni qanday talqin etishlarida namoyon bo’ladi.
5:51 – 5:56
Subyektivlik o’lchovi qanday bayon etishlari va nimani aytishlarida
5:56 – 5:59
pirovard natijaga ta’sir etadi.
5:59 – 6:03
Shu bois amin bo’lishingiz kerakki, so’zga chiqayotgan kishi
6:03 – 6:04
sizning himoyachingiz
6:04 – 6:07
qalbida sizning eng maqbul manfaatlaringiz bo’lsin
6:07 – 6:11
va u ularga erishishga qodir bo’lsin, nima bo’lsa ham
6:11 – 6:13
yopiq eshiklar ortida uni uddalasin.
6:13 – 6:16
Endilikda, mendan hamisha so’rashadi:¶
6:16 – 6:18
“Siz bunga qanday erishasiz?”
6:18 – 6:24
Ochig’i, nirvana shunday ideal muhitki unda odamlar
6:24 – 6:27
“men buni siz uchun amalga oshiraman, siz
6:27 – 6:30
muvaffaqiyatli bo’lishingiz uchun ishonch hosil qilaman”, deb qaror qiladi.
6:30 – 6:34
Ammo shu yerdagilarning aksariyati bilamizki, bu aslida bunday ro’y bermaydi.
6:34 – 6:37
Kelinglar, muomala tamoyilini tushintirib¶
6:37 – 6:42
homiyingizni topish qobiliyatingizga qanday ta’sir etishi haqida gapirsam.
6:42 – 6:47
Istagan holatda ikki xil masala vujudga keladi:
6:47 – 6:50
bu ijro masalasi va munosabatlar masalasi.
6:50 – 6:54
Ijro masalasi shunday holat bo’lib, unda
6:54 – 6:58
sizdan so’ralgan narsa
6:58 – 7:00
hamda bir oz undan ortiqrog’i boladi.
7:00 – 7:04
Har safar vazifani odamlar kutganidan ko’prog’ini
7:04 – 7:06
uddalasangiz ijro holatini yuzaga keltirasiz.
7:07 – 7:09
Bu xuddi birjadagi singari ro’y beradi.
7:09 – 7:12
Qachondir bir kompaniya jamoatchilikka
7:12 – 7:14
ulushning 25 sentini to’layman desa,
7:14 – 7:16
ular ulushning 40 sentini to’laydilar, birjadagi
7:16 – 7:19
aksiyalar o’sar ekan, sizniki ham oshadi.
7:19 – 7:22
Ijro masalasi uch sababdan salmoqli.
7:22 – 7:25
Birinchidan, u sizni nazarga tushirtiradi.
7:25 – 7:28
U sizga nufuz keltiradi.
7:28 – 7:32
Ikkinchidan, u sizga daromad va lavozimni
7:32 – 7:35
kasbiy tajribangizda barvaqt olib keladi.
7:35 – 7:38
Va istagan muhitda ham juda erta sodir bo’ladi.
7:38 – 7:41
3-dan esa, bu homiyni jalb etishi mumkin.
7:41 – 7:44
Nega? Chunki, kuchli ijro
7:44 – 7:48
jamoadagi obro’ darajangizni oshiradi va
7:48 – 7:51
avval aytganimdek, homiyning o’zi kelishi mumkin.
7:51 – 7:55
Nega? Chunki, hamma yulduzlarni xush ko’radi.
7:55 – 7:59
Mabodo bir vaziyatda
7:59 – 8:02
homiyni topa olmasangiz,
8:02 – 8:03
quyidagicha xushxabar bor.
8:03 – 8:07
Yodingizda bo’lsin, vakolatingizdan foydalanib, homiy so’rashingiz mumkin.
8:08 – 8:13
Mana endi, boshqa eng muhim fazilat haqida.¶
8:13 – 8:16
Bu munosabatlar masalasidir.
8:16 – 8:20
Munosabatlar jihati tevarak-atrofingizdagi
8:20 – 8:25
kishilarga sarmoya kiritish orqali erishiladi,
8:25 – 8:29
atrofingizdagi kishilarga ko’maklashish orqali erishiladi.
8:29 – 8:33
Siz mutlaqo tanimagan odamingizdan
8:33 – 8:36
misqollab orttirilgan shaxsiy obro’larini sizning
8:37 – 8:39
nomingizdan foydalanishni so’ray olmaysiz.
8:39 – 8:41
Bu bunday kechmaydi.
8:42 – 8:47
Shuning uchun muhimi atrofingizdagi odamlar bilan
8:47 – 8:50
bog’lanish, muloqot qilish va tanishishga vaqt sarflash,
8:50 – 8:55
va eng muhimi ularga sizni bilish imkonini taqdim eitshingiz kerak.
8:55 – 8:57
Chunki ular sizni bilishsa,
8:57 – 9:00
katta ehtimol bilan murojaat qilganingizda
9:00 – 9:03
homiyim bo’ling deb,
9:03 – 9:06
javoblari albatta ijobiy bo’ladi.
9:06 – 9:10
Endi homiyga ega bo’lish kerak degan fikrimga qo’shilsangiz,¶
9:10 – 9:14
homiyni qanday aniqlash haqida suhbatlashsak.
9:15 – 9:17
Agar homiyni axtarayotgan bo’lsangiz,
9:17 – 9:20
ular 3 ta asosiy fazilatga ega bo’lishlari kerak.
9:20 – 9:25
1-dan ular qaror qabul qiluvchi davrada kursiga ega bo’lishlari,
9:25 – 9:28
ish faoliyatingizdan xabardor bo’lishlari,
9:29 – 9:32
zero yopiq eshiklar ortidan kuzata olsin,
9:32 – 9:34
ularda muayyan salohiyat bo’lishi kerak,
9:34 – 9:37
boshqacha aytganda kuch bo’lishi kerak.
9:37 – 9:40
Ularda o’sha uch narsa bo’lishi juda muhim.
9:40 – 9:43
Tegishli shaxsni aniqlab olganingizdan so’ng¶
9:43 – 9:45
buni qanday qilib so’raysiz?
9:45 – 9:47
Ssenariy quyidagi tartibda bo’ladi:
9:47 – 9:52
“Jim, shu yili lavozim pillapoyalaridan ko’tarilishdan nihoyatda manfaatdorman
9:52 – 9:54
O’tgan yil men uchun samarali bo’ldi
9:54 – 10:00
va ushbu tashkilotga o’z loyiqligim yoki tayyorligimni
10:00 – 10:02
isbotlash uchun hech narsani ko’rsata olmayman
10:02 – 10:06
lekin kimdir yopiq eshiklar ortida hozir bo’lib
10:06 – 10:09
nomimdan davrada fikr yuritishidan voqifman.
10:09 – 10:13
Siz meni taniysiz, ishlarimdan xabardorsiz va xaridorlarning taklif-mulohazalaridan voqifsiz,
10:13 – 10:17
va umid qilamanki, mening nomimdan bahs yuritish sizga malol kelmaydi”.
10:17 – 10:19
Mabodo Jim sizni bilsa
10:19 – 10:21
va muayyan munosabatlarga ega bo’lsangiz
10:22 – 10:25
uning rozilik berish ehtimoli ancha yuqori bo’ladi.
10:25 – 10:26
Agar u inson xo’p desa,
10:26 – 10:29
u en uchun ham harakat qilib ko’radi.
10:29 – 10:32
Lekin, Jimning yo’q deyish ehtimoli bor¶
10:32 – 10:34
va agar u yo’q desa, mening fikrimcha,
10:34 – 10:36
u sizga yo’q deyishiga uch sabab bor.
10:36 – 10:41
1-dan, u faoliyatingizdan yetarli voqifman, deb hisoblamaydi.
10:41 – 10:44
Yopiq eshiklar ortidan haqiqiy vakolatga ega bo’lish
10:44 – 10:48
nomingizdan ta’sirli va samarali bo’lish uchun yetarli deb hisoblamaydi.
10:48 – 10:50
Uning rozi bo’lmasligiga ikkinchi sabab,
10:50 – 10:53
sizning u bunga qodir degan fikringizdir,
10:53 – 10:56
ammo u bunga qurbi yetmasligini biladi
10:56 – 11:00
va buni u siz bilan suhbatda tan olmaydi.
11:00 – 11:01
(Kulgu)¶
11:01 – 11:04
Va sizga monelik qiladigan 3-bahona -¶
11:04 – 11:05
u sizni yoqtirmaydi.
11:05 – 11:06
Siz unga yoqmaysiz.
11:06 – 11:07
(Kulgu)¶
11:07 – 11:09
Va bu sodir bo’lishi mumkin.¶
11:10 – 11:14
Lekin hatto bu siz uchun muhim ma’lumot bo’lib,
11:14 – 11:18
homiy bilan navbatdagi suhbatga tayyorlanishda
11:18 – 11:21
oz bo’lsada salmoqliroq xizmat qiladi.
11:22 – 11:26
Homiyga ega bo’lishning ahamiyatini ta’riflarshga til ojiz.¶
11:26 – 11:30
Bu sizning kasbiy o’sishingizdagi muhim munosabatdir.
11:30 – 11:33
Murabbiyga ega bo’lish ochig’i zo’r ish,
11:33 – 11:37
lekin murabbiysiz ishingizda uzoq yashab ketishingiz mumkin,
11:37 – 11:42
ammo hech qaysi tashkilotda homiysiz ko’tarila olmaysiz.
11:43 – 11:47
Shuning uchun muntazam ravishda o’zingizdan,
11:47 – 11:50
“Hujjatlarimni tegishli xonaga kim olib kiryapti?
11:50 – 11:52
Mening hujjatlarimni xonaga kim olib kirmoqda?”,
11:52 – 11:56
deb so’rashingiz lozim. Agar bunga javobingiz
11:56 – 11:59
bo’lmasa aytgan bo’lardimki sa’y-harakatingizni
11:59 – 12:02
homiy aloqalariga sarflashga yo’naltiring,
12:03 – 12:06
chunki bu muvaffaqiyatingiz kalitidir.
12:06 – 12:09
Fikrimni yakunlar ekanman, so’zlarimni shu yerda¶
12:09 – 12:11
jam bo’lgan bo’lg’usi homiylarga yo’naltirishga ijozat bersangiz.
12:12 – 12:15
Bordiki sizlar mo’tabar dargohga taklif etilgan bo’lsangiz
12:15 – 12:18
bilingizkim, o’sha kursida joyingiz bo’ladi,
12:18 – 12:20
va agar kursi egasi bo’lganingizdan so’ng
12:21 – 12:23
sizda fikr bildirish mas’uliyati bo’ladi.
12:23 – 12:28
Odamlarning gap-so’ziga parvo qilib kuchingizni zoye ketgazmang,
12:28 – 12:31
shuningdek, ularning fikridan qat’iy nazar madad
12:31 – 12:34
berayotgan kimsa o’zingiz singari bo’lsa-da.
12:34 – 12:37
Agar shijoatingizga munosib bo’lsa,
12:38 – 12:40
uni sarflang.
12:40 – 12:43
Uoll-stritdagi bir necha o’n yillik ishimdan olgan sabog’im,
12:43 – 12:46
o’z qudratingizni oshirish yo’li – uni boshqalarga berish ekan,
12:46 – 12:48
va yuragingizdagi sizning ovozingizdir.
12:48 – 12:53
(Qarsaklar)¶
12:54 – 12:59
Ovozingiz esa qudratingizning yuragidadir.¶
13:00 – 13:01
Undan foydalaning.
13:01 – 13:02
Katta rahmat.¶
13:02 – 13:09
(Qarsaklar)
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.