ALEKSANDR FAYNBERG NOMLI MAXSUS STIPENDIYA SOHIBASI BILAN SUHBAT

29.05.2023

Bugungi suhbatdoshimiz O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Media va kommunikatsiya fakultetining 4-bosqich talabasi Nigora Abduqodirova, 21 yoshda.

  • «YANGI AVLOD» bolalar festivalining respublika bosqichi ishtirokchisi.
  • «KAMALAK YULDUZLARI» ko’rik tanlovining respublika bosqichi ishtirokchisi.
  • «ZAKOVAT» intellektual o’yinining faol ishtirokchisi.
  • «TURON ZAMIN ZIYO» nashriyoti tomonidan «TUYG’ULAR JILOSI» nomli ilk she’riy to’plami nashrdan chiqqan.
  • «O’SMIR QIZLAR TARBIYASI – MILLAT KELAJAGI» nomli uslubiy qo’llanmasi nashrdan

Chiqqan.

  • O’zi istiqomat qiluvchi « Ko’tarma» mahallasi qoshida «Ma’naviyat gulshani» nomli to’garak

asoschisi. “To’garakka 20 nafardan ortiq bolalar a’zo bo’lishgan” – deya ta’kidlaydi Nigora

Abduqodirova.

  • ZULFIYA nomidagi davlat mukofotiga nomzodlarni saralash tanlovining respublika bosqichi ishtirokchisi.
  • « HILOL MEDIA» nashriyoti tomonidan «Kelajak qizlari» (mulohazalar) nomli uslubiy

qo’llanmasi nashrdan chiqqan.

  • Bundan tashqari, 20 dan ortiq xalqaro va mahalliy konferensiya, anjumanlarda, ko’plab davra

suhbatlari va tadbirlarda o’zining ma’ruza, tezis va maqolalari bilan ishtirok etib kelmoqda.

  • Hozirda « SEVIMLI» telekanali qoshidagi Yoshlar studiyasi a’zosi.
  • O’zbekiston yoshlar ittifoqining O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetining boshlang’ich

tashkiloti yetakchisi.

  • Chilonzor tuman hokimligi matbuot xizmati xodimi.

Aleksandr Faynberg nomidagi maxsus stipendiya nima maqsadda ta’sis etilgan deb o’ylaysiz? Shu haqida qisqacha ma’lumot berib o’tsangiz.

Aleksandr Faynberg — maxsus davlat stipendiyasi hisoblanadi. Mazkur stipendiya faqat O’zbekiston  davlat jahon tillari universiteti talabalari uchun bo’lib, shoirning hayoti va ijodiy faoliyati haqida izlanishlar olib borgan nomzodlarga berib boriladi. Maqsad — talabalarni qo’llab-quvvatlash va shu bilan birga adabiyot va san’atni yoshlar o’rtasida ham jiddiy o’rganish, targ’ib etishga bo’lgan qiziqishni oshirishdan iborat.

ALEKSANDR FAYNBERG nomli davlat stipendiyasi uchun qaysi kurs talabalari hujjat topshirishlari mumkin?

Aleksandr Faynberg nomidagi maxsus davlat stipendiyasi oliy ta’limning 2-3-4-bosqich talabalariga 1 yil mobaynida berib boriladi.

Nomzodlar qaysi mezonlar asosida saralanadi?

Asosiy talab — shoir ijodini o’rganish va tengdosh talabalar o’rtasida ommalashtirish. Bundan tashqari, Aleksandr Faynberg ijodiga daxldor yo’nalishlar bo’yicha mahalliy va xorijiy OAV orqali maqolalar, turli media materiallarni e’lon qilib borgan bo’lish kerak.

Stipendiyaga hujjat topshirish bosqichlari haqida to’xtalib o’tsangiz?

Men ushbu stipendiyaning ilk sohibalaridanman. Stipendiyaga ega bo’lish uchun dastlab kerakli hujjatlar taqdim etiladi, test va suhbatdan o’tish lozim. Qolgan jarayonlar Nizom asosida o’tkazilib, yakunda universitetning har bir fakultetidan 1 nafardan talabaga ushbu stipendiya taqdim etiladi.

Buning uchun qanday hujjatlar topshirish kerak?

Stipendiya nizomiga muvofiq quyidagi hujjatlarni taqdim etish kerak:

  • sinov daftarchasidan ko’chirma;
  • dekanat, kafedraning tavsiyanomasi;
  • ilmiy (ijodiy) ish rahbarining fikr-mulohazasi;
  • ilmiy (ijodiy) ishlar nusxasi;
  • ilmiy (ijodiy) yutuqlar nusxasi (diplom, sertifikat, tashakkurnoma va h.k) tillar kafedrasining suhbat natijalari haqidagi ma’lumotnomasi.

Stipendiyaga ega bo’lgan talabalarga qanday imtiyozlar bor?

Bir yil davomida har oy nomli davlat stipendiyalariga beriladigan miqdorda moddiy rag’batlantiriladi. Vazirlar Mahkamasining Nizomiga ko’ra, davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalar bakalavriatni tugatganidan so‘ng bir yil mobaynida, tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, grant asosida qabul qilinadilar.

Stipendiya olishda asosan nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Aleksandr Faynberg ijodini doimiy ravishda, mahalliy va xorijiy OAV, gazeta-jurnallar orqali yoritib borish kerak.

Rahmat NIGORA opa! Maxsus stipendiyaga oid ko’pchilikni qiziqtirgan savollarga javob oldik deb o’ylayman. Kelajakdagi ishlaringizda ham ulkan muvafaqqiyatlar tilaymiz. Yutuqlaringiz bardavom bo’lsin.

Sizga ham rahmat, sog’ bo’ling.

Nozima Soataliyeva suhbatlashdi,
O’zDJTU, Media va kommunikatsiya fakulteti 2-bosqich talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

11 − четыре =