IJODIY ISHLАR TАNLOVIDА ISHTIROK ETIB, IQTIDORINGIZNI NАMOYON QILING!

19.02.2021 34

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorlikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ulug‘ ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosini targ‘ib qilish, zamonamiz qahramonlari obrazini yaratish maqsadida isteʼdodli ijodkor yoshlar o‘rtasida “O‘zbekiston diyorim, ki andin iftixorim” nomli rasmlar tanlovi va “Shonli tarixdan buyuk kelajak sari” nomli ijodiy ishlar tanlovini eʼlon qiladi.

“Shonli tarixdan buyuk kelajak sari” nomli ijodiy ishlar tanlovi quyidagi 3 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:

– “Eng yaxshi sheʼriy asar”;

–  “Eng yaxshi hikoya”;

–  “Eng yaxshi ijodiy asar”.

Ishtirokchilar yoshi:

Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ijodkor yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yosh ijodkorlar quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi lozim:

namuna asosida to‘ldirilgan ariza;

ishtirokchining pasport (yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) nusxasi;

ishtirokchining oxirgi 3 oy ichidagi 4×6 hajmdagi 2 dona fotosurati.

Tanlovni tashkil etish tartibi:

1-bosqich: Tanlov ishtirokchilarining hujjatlarini qabul qilish va saralash bosqichi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2021-yilning aprel-may oylarida o‘tkaziladi.

2-bosqich: Respublika bosqichi 2021-yil iyun oyida o‘tkaziladi. Respublika bosqichiga yuborilgan ijodiy ishlar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Tanlov g‘oliblari hamkor tashkilotlar tomonidan taʼsis etiladigan diplom, sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Manba

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.