ILMIY MAQOLA UCHUN KALIT SO’ZLAR TANLASHNING 5 USULI

12.03.2020

Ilmiy jurnal uchun maqola yozdingiz, deylik. Ammo maqolani nashrga yuborishdan oldin unga mos keladigan kalit so‘zlarni tanlab olishingiz kerak bo‘ladi. Shu sababdan maqola uchun qanday qilib kalit so‘zlarni tanlashni  bilib olishingiz kerak.

Nima uchun maqolaga kalit so’zlar tanlanadi?

Ilmiy  noshirlar odatda mualliflardan maqolalarini topshirishda ish uchun mos bo’lgan  kalit so‘zlarni tanlashlarini so‘rashadi. Kalit so‘zlar sizning  maqolangizga bog‘liq bo‘lib, bu orqali  insonlar jurnal ma’lumotlar bazasidan maqolangizni topa olish osonlashadi. Sarlavha bilan birgalikda siz tanlagan kalit so‘zlar insonlarni sizning maqolangizni o‘qishiga, tushunishiga ta’sir qiladi.

   Quyida kalit so‘zlarni tanlash uchun besh maslahat bilan tanishishingiz mumkin.

 1.Noshir ko‘rsatmalariga rioya qiling —  noshirning kalit so‘zlarni tanlashi to‘g‘risidagi  ko ‘rsatmalari bor  yoqligini tekshiriing. Hech bo‘lmaganda talab qilinishi kerak bo‘lgan nechta kalit so’zlar kerak ekanligini aniqlashtiring. Bular muallif ko‘rsatmasining asosiy qismi hisoblanib, bunda yozish uslubi va formatlash haqida ham maslahat berib o‘tiladi.

2. Tadqiqotingizning asosiy qismiga fikringizni qarating kalit so ‘z tanlashda maqolangizning asosiy mavzusidan foydalaning.

3.Sarlavhangizdagi so‘zlarni takrorlamang maqolangizdagi sarlavha  nomi qisman muhim, chunki bu orqali maqola ma’lumotlar bazasiga ro‘yxatga kiritiladi. Shuningdek, siz sarlavhada ishlatib bo‘lingan  har qanday so‘zni takrorlamasdan turib, faqat kalit so‘zlar uchun so‘z tanlashingiz kerak.

4.Aniqlikni saqlab qoling — imkon boricha aniq bo ‘lgan narsani yoritishga harakat qiling. Aniq kalit so‘zlardan foydalanish o‘quvchiga sizning maqolangizni qiziqish bilan o‘qishiga yordam beradi.

 5.Kalit so‘zlarni tekshirib chiqing — nihoyat siz kalit so‘zlarni tanlab oldingiz, va ularni jurnal ma’lumotlar bazasiga kiritasiz. Agar ular sizning maqolangizga o‘xshash maqolalar qatoridan joy olsa,  demak siz yaxshi kalit so‘zlarni tanlay olgansiz. Agar bunday holat bo‘lmasa, demak yana urinib ko‘rishingiz kerak bo‘ladi.

Agar siz kalit so‘zlarni topishda muammoga duch kelsangiz, maqolangiz mavzusiga bog‘liq bo‘lgan boshqa maqolalarni izlab ko‘rishingiz kerak bo‘ladi. Keyin u kalit so‘zlarni o‘zingizning tanlovingizga qarab foydalanishingiz mumkin.

Xulosa o‘rnida kalit so‘zlarni tanlayotganda quyidagilarga rioya qilishingiz kerak bo‘ladi:

  1. Noshir yo‘riqnomasiga rioya qiling.
  2. Tadqiqotning asosiy qismiga fikringizni qarating
  3. Sarlavhadagi so‘zlarni takrorlamang
  4. Aniqlikni saqlab qoling.
  5. Kalit so‘zlarni tekshirib chiqing.

Manba: https://proofreadmyessay.co.uk/writing-tips/select-keywords-journal-article/

Alisher Navoiy nomidagi
Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti
universiteti II bosqich talabasi
Guloyim HASANOVA tarjimasi

2 Comments so far

Jump into a conversation
  1. Dilfuza
    #1 Dilfuza 24 Mart, 2020, 04:07

    ???

    Reply this comment
  2. Diyora
    #2 Diyora 10 Iyun, 2020, 22:12

    Oliygoh va kasb tanlashda ota- onalarimizni farzandlaring kelajagiga bo’lgan munosabati

    Reply this comment

Javobni bekor qilish uchun bosing.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 + 10 =