ILMIY MAQOLALAR YOZISH BO‘YICHA SEMINARDA QATNASHISH UCHUN ONLAYN QABUL BOSHLANDI

17.10.2019

«O‘zbekistonda xorijiy tillar» elektron portali va ilmiy-metodik jurnali tahririyati (fledu.uz) hamda universitet xalqaro reytingini oshirish (QS, THE va boshqalar) va xalqaro nashrlarda (Scopus, Web of Science va boshqalar) maqolalar chop etish bo‘yicha informatsion-metodik shtabi O‘zbekiston jurnallari va xorijiy jurnallarga ilmiy maqolalar yozish bo‘yicha seminarda qatnashish uchun onlayn qabul boshlanganini e’lon qiladi.

Seminar rejasi:
1. Maqolalar mazmuniga qo‘yiladigan talablar.
2. Maqolalarni rasmiylashtirish tartibi. Annotatsiya yozish, sarlavha, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
3. Adabiyotlardan iqtibos keltirish.

Seminar 25-oktyabr kuni soat 12 00 da O‘zDJTU bosh binosining 7- qavatida bo‘lib o‘tadi.

Ro’yxatdan o’tish uchun havola:  https://docs.google.com/…/1FAIpQLSfe5oS_8jxYA064uB…/viewform

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × three =