KOREYA RESPUBLIKASIDA MAGISTRATURADA O‘QISH UCHUN GRANT

06.02.2020

Koreya Respublikasining Fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi 2021-o‘quv yili uchun Fan va texnologiyalar sohasida kadrlar tayyorlash mutaxassisligida magistraturada tahsil olish bo‘yicha grant e’lon qildi, deb xabar bermoqda edu.uz kanali.

G‘oliblar ikki yil davomida Koreya fan va texnologiya universiteti (University of Science and Technology)da tahsil oladi.

O‘quv yili 2021-yilning sentyabrida boshlanadi. O‘qish va yashash bilan bog‘liq barcha xarajatlar Koreya tomonidan qoplanadi.

Nomzodlar suhbatdan o‘tadilar.

Ushbu dasturda ishtirok etish istagini bildirganlar 2020-yil 7-fevraliga qadar Tashqi ishlar vazirligiga zarur hujjatlarni taqdim etishlari lozim.

1 Comment so far

Jump into a conversation
  1. Гулчеҳра
    #1 Гулчеҳра 8 Fevral, 2020, 18:14

    Ассалому алейкум. Мен ўз билимимни синаб кўрмоқчиман. Халқимизга беминнат ёрдам кўрсатиш мақсадда чет элда ҳам таҳсил олмоқчиман. Фикрлар алмашинуви албатта касбимда катта ёрдам беради. Хаммага омад тилейман

    Reply this comment

Javobni bekor qilish uchun bosing.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eleven − 8 =