OʻQUVCHILAR OʻRTASIDA “MILLIY TIKLANISHDAN – MILLIY YUKSALISH SARI!” MAVZUSIDA INSHOLAR TANLOVI OʻTKAZILADI

11.03.2020

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda “Yosh kuch” jurnali umumtaʼlim maktablarining 9-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari!” mavzusida respublika insholar tanlovini eʼlon qiladi, deb xabar bermoqda uzedu.uz

Tanlovda umumtaʼlim maktablarining 9-11-sinf oʻquvchilari (ixtiyoriy) oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tilida (ixtiyoriy) yozilgan insholari bilan ishtirok etishi mumkin. 

Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan oʻquvchilar “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari!” mavzusidagi insholarini joriy yilning 10-aprel kuniga qadar Xalq taʼlimi vazirligiga (100017, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi 2-a uy manziliga) pochta yetkazish xizmati orqali yuborishi lozim. 

Tanlovga kelib tushgan insholar 25-28-aprel kunlari saralanib, natijalar 30-aprel kuni Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy sayti (www.uzedu.uz) orqali eʼlon qilinadi. 

Tanlov gʻoliblari Xalq taʼlimi vazirligining qimmatbaho sovgʻalari (noutbuk, planshet va telefon) bilan taqdirlanadi. Shuningdek, eng yaxshi insholar va ularning mualliflari Oʻzbekiston yoshlarining brend nashri – “Yosh kuch” jurnalida yoritiladi.

2 Comments so far

Jump into a conversation
  1. Jo'rabel
    #1 Jo'rabel 26 Mart, 2020, 12:24

    Insho yozish talablarini qanday bilsa bo’ladi

    Reply this comment
  2. OGULTUVAQ
    #2 OGULTUVAQ 30 Aprel, 2020, 19:26

    SALOM.MEN QQ RES TAXIATOSH TUMANI 10-SONLI MAKTABNING 9-SINF OQUVCHISIMAN.INSHONI YOZIB JONATGAN EDIM.AMMO KARANTIN TUFAYLI VAQTIDA YETIB BORMAGAN VA TEKSHIRILMAGAN.AMMO BU MENING AYBIM EMASKU.AXIR INSHONI 6-APREL SANASIDA JONATGAN EDIM.

    Reply this comment

Javobni bekor qilish uchun bosing.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × 3 =