PISA VA PIRLS XALQARO TADQIQOTLARIGA TAYYORGARLIK KO‘RISHGA BAG‘ISHLANGAN TADBIRLAR BO‘LIB O‘TDI

27.04.2019

Joriy yilning 22-26 aprel kunlari poytaxtimizda Jahon bankining READ dasturi hamda xalqaro ekspertlari ishtirokida ta’lim sifatini baholash bo‘yicha PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda xalqaro tadqiqotlarning mos yo‘nalishlari bo‘yicha fan mutaxassislari, Rossiya Ta’lim sifatini baholash milliy markazi rahbari, xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan boshqaruv xodimlari hamda pedagog kadrlar, shuningdek, Ta’lim inspeksiyasi va uning huzuridagi milliy markaz xodimlari uchun mashg‘ulotlar olib borildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida o‘tkazilgan videoselektorni respublikamizning oliy ta’lim muassasalaridagi studiyalarida xalq ta’limi boshqaruv organlari rahbarlari, xalqaro tadqiqotlarni o‘tkazish bo‘yicha tayanch maktab direktorlari, ona tili va adabiyoti, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fan hamda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari kuzatishdi. Ushbu kengaytirilgan yig‘ilishda Rossiyaning xalqaro toifali ekspertlari tomonidan “Ta’lim sifatini baholashda xalqaro tajriba: tayyorgarlik bosqichlari, pedagoglarni jalb qilish va ularning majburiyatlari”, “Xalqaro baholash tadqiqotlarining ustuvor yo‘nalishlari: o‘quvchilarning matematik savodxonligini baholash”, “PISA-2021 doirasida ishtirokchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik darajalari”, “PISA-2021ning innovatsion yo‘nalishlari, ya’ni o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish” hamda “Xalqaro tadqiqotlarda o‘qish savodxonligini baholash” mavzularida ma’ruzalar tashkil etildi. 

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti binosida tashkil etilgan sho’ba yig‘ilishlarida hududlardagi koordinatorlar, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining professor-o‘qituvchilari, Respublika ta’lim markazi mutaxassislari, hududiy xalq ta’limi boshqarmalari va umumta’lims maktablarining fan yo‘nalishlari bo‘yicha 250 nafar ziyod mutaxassislar qatnashdi. Seminarning mazkur chuqurlashtirilgan qismida mutaxassislar 3 asosiy yo‘nalishilarda, ya’ni “Matematik savodxonlik”, “Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik” hamda “O‘qish savodxonligi” bo‘yicha ajratilgan holda har bir yo‘nalishlarda savodxonlikni baholashning xalqaro darajadagi muhim jihatlari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etildi.

26 aprel kuni Samarqand viloyatida xalq ta’limi boshqarmasi va tayanch maktab direktorlari uchun PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Besh kun davom etgan seminar doirasida Rossiya Fanlar akademiyasining Rossiya ta’lim taraqqiyoti strategiyasi instituti hamda Ta’lim inspeksiyasi o‘rtasida kelishuv imzolandi. Bunda ta’lim sifatini baholashda nazariy va strategik yo‘nalishlar, ilmiy tadqiqot natijalarini pedagogik amaliyotga qo‘llash, boshqaruv va pedagogik kadrlarni kasbiy tayyorgarligi hamda salohiyatini oshirish bo‘yicha hamkorlik jarayonlari amalga oshirildi.

Seminar so‘ngida ishtirokchilarning hududlardagi xalq ta’limi bo‘limlari mutaxassislari, umumta’lim muassasalari xodimlari va o‘qituvchilar uchun kaskad usulida o‘quvlar tashkil etishi orqali xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik darajasini oshirish belgilab olindi.

Manba: uzedu.uz

1 Comment so far

Jump into a conversation
  1. Doniyor
    #1 Doniyor 14 Mart, 2020, 10:47

    Xalqaro o‘qish savodxonligini o‘rganishdan oldin.o‘quvchilarga xalqaro mamlakatlar haqida qisqacha ma‘lumot berishni joiz deb bilaman

    Reply this comment

Javobni bekor qilish uchun bosing.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × 2 =