Diqqat tanlov!

Diqqat tanlov!

10.09.2016 1 ta fikr | 1 734 ko'rilgan

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida «My First President» mavzusida ingliz tilidagi insholar tanlovi e’lon qilinadi!
Tanlov O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan. Inshoda mamlakat hayotida yuqori o‘rin tutgan buyuk shaxsning kelajak avlod uchun yaratgan imkoniyatlari, har bir yosh iste’dod uchun kerakli bo‘lgan da’vatlari, bosib o‘tgan hayot yo‘lidagi ibratli jihatlar aks ettirilishi mumkin.
Insholar tajribali hakamlar hay’ati tomonidan saralanib, “O‘zbekistonda xorijiy tillar” (www.fledu.uz) internet portalining maxsus ruknida e’lon qilib boriladi.

Eng yaxshi deb topilgan insholar nashr etilishi ko‘zda tutilayotgan alohida to‘plamdan joy oladi.

Insholar quyidagi mezonlarasosida saralanadi:
• Mazmunan boy, fikrlar izchilligi;
• Imlo xatolarisiz;
• Original, kreativ yondashuv;
• Insho yozish talablari asosida
• A4 formatida1 varaqdan kam bo‘lmasligi.
Insholarni topshirish muddati: 09.09.2016dan – 30.09.2016gacha
Insholaringiz, o‘zingiz haqingizdagi qisqacha ma’lumot va telefon raqamingizni quyidagi manzilga yuboring: elektronjurnal@mail.ru yoki pochta manzili yoki +998911632850 Telegram’ manzili.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

1 ta fikr bildirilgan

Fikringizni bildiring!
  1. Alexandro
    #1 Alexandro 13 February, 2017, 00:35

    ‘Abituriyent’ makes studying more interesting. Thanx ) . good luck u all.

    Reply this comment

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.