O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi OTMlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilishning parametrlari tasdiqlandi.
Mazkur qaror asosida O`zbekiston davlat jahon tillarining bakalavrlar tayyorlash bo`yicha kunduzgi ta’lim shakliga jami 2 185 ta talaba qabul qilinadi. Ulardan 330 tasi grant asosida, 1855 tasi esa to`lov-kontrakt asosida saralab olinadi.

Kechki ta’limga esa jami 260 nafar talaba qabul qilinishi belgilandi.

Magistrlar tayyorlash bo`yicha O`zDJTUga 185 nafar talaba qabul qilinadi. Ulardan 37 tasi grand asosida, 148 tasi esa to`lov-kontrakt asosida o`qitilishi belgilab qo`yildi. Ma’lumot o`rnida: turdosh bo`lmagan bakalavr yo`nalishlar ham magistraturaga topshira oladi. Joriy yilda ko`plab Oliy ta’lim muassasalarida magistratura bo`yicha yangi yo`nalishlar ochildi.

Ma’lumot o`rnida aytib o`tish joizki, ushbu o`rinlar faqat davlat parametrlari bo`yicha belgilangan. Bu raqamlar OTMlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, qo`shimcha kontrakt hisobiga yana oshishi mumkin.
Manba: uzswlu.uz
1 Comment so far
Jump into a conversationJahon tillari universiteti chet el davlatlari bilan hamkorlik bormi?Misol uchun Amerika davlati!Bu davlatda Magist darajasini tamomlab melsa bo’ladimi??Hamkorlikalri bormi demoqchiman?