Bugun, 21-oktabr — O’zbek tili bayrami kuni sifatida yurtimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlanmoqda.

1989-yil 21-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi. Unga asosan, o‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasida yagona davlat tili sifatida tan olingan. Mazkur qonun 1995 yil 21 dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan.
2020-yilning 10-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O’zbek tili kunini belgilash to’g’risida»gi qonunni imzoladi.
Qonunga asosan, 21-oktabr O’zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.
Barchangizni ushbu qutlug’ sana O’zbek tili bayrami kuni bilan muborakbod etamiz!
QADRING BALAND BO’LSIN, ONA TILIM – IFTIXORIM!
