Buyuk o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy hamisha nafaqat xalqimiz, balki butun dunyoda ardoqlanmoqda.
Yozuvchining hayot va ijodini yanada mukammal o‘rganish maqsadida joriy yilning 12-aprel kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Abdulla Qodiriyning nabirasi Manzuma Qodiriy, Qodiriyshunos olima Sanobar To‘laganova, O‘zJOKU rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

Sanobar To‘laganova ta’kidlashicha, Qodiriydagi jasorat bir dengizdir. Uning ustozi xalq va tarixdir.
Davra suhbatida Qodiriy ijodi haqida aytilgan quyidagi gaplar mazkur tadbirning qiymatini belgilab beradi: “Qodiriy ijodi qaziga o‘xshaydi, chaynaganingiz sari mazasi chiqib boraveradi”.

Uchrashuvda talabalar Qodiriy ijodi yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Sitora YO‘LCHIYEVA,
O‘zJOKU talabasi
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.