AGRA MARKAZIY HINDIY TILI INSTITUTIGA TASHRIF AMALGA OSHIRILDI

25.11.2024

2024-yil 25-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti prorektori, dotsent Shuxrat Mirziyatov va Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi boshlig’i, dotsent Nilufar Xodjayeva Agra markaziy hindiy tili institutiga tashrif buyurdilar.

Institutda universitet bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Shuningdek, Agra markaziy hindiy tili institutida tahsil olayotgan o’zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv bo’ldi.