AKADEMIYA PROFESSOR-O’QITUVCHILARI SLOVAKIYADAGI TRENINGDA
08.04.2025Mazkur mashg’ulotlar mamlakat poytaxti Bratislava shahrida Erasmus tashkiloti ko’magida tashkil etilgan.
Davlat boshqaruv akademiyasi professor-o’qituvchilari dunyoning turli mamlakatatlaridagi davlat boshqaruvi ilmiga oid nufuzli xalqaro tadbirlarda ishtirok etib, hamkorlik uchun kuchli xalqaro e’tiborga ega ta’lim muassasalari bilan o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’ygan.


Yevropaning 33 ta davlati (a’zo davlatlar va bog’langan davlatlar) o’rtasida hamkorlikni moliyalashtirish imkoniyatlarini taqdim etuvchi Yevropa Ittifoqining O’zbekistonda oliy ta’limni modernizatsiya qilishni qo’llab-quvvatlashni maqsad qilgan Erasmus tashkiloti shular jumlasidan.
Shuni ta’kidlash kerakki, Erasmus xalqaro miqyosdagi bir qator imkoniyatlarni taqdim etadi. Aksariyat loyihalar bir tomondan Yevropaning 33 davlati, ikkinchi tomondan esa dunyoning boshqa mamlakatlari o’rtasidagi hamkorlikka asoslangan.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.