ALEKSANDR FAYNBERG NOMIDAGI STIPENDIYA TANLOVI E’LON QILINDI

15.03.2025

Hurmatli O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari!

Sizni Aleksandr Faynberg nomidagi stipendiya tanlovida ishtirok etishga taklif qilamiz! Bu – sizning yutuqlaringiz va akademik muvaffaqiyatlaringizni namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat!

– Tanlovda 1-3-kurs kunduzgi ta’lim bakalavr talabalari ishtirok etishi mumkin.

– Hujjatlar 2025 yil 20-martgacha qabul qilinadi

Hujjatlarni fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosariga topshirish so’raladi.

Talab qilinadigan hujjatlar haqida batafsil ma’lumot ushbu Nizomda keltirilgan.

Eslatma: Belgilangan muddatdan kech topshirilgan hujjatlar qabul qilinmaydi!

NIZOMNI YUKLAB OLISH

Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang – stipendiya sohibiga aylaning!