“ALISHER NAVOIY VA SHARQ RENESSANSI” IV XALQARO SIMPOZIUMI O’Z ISHINI DAVOM ETTIRMOQDA
09.02.2025Navoiyda “Alisher Navoiy va Sharq renessansi” IV xalqaro simpoziumi sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.
Kuni kecha Navoiy davlat universitetida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosini o‘rganish va Sharq uyg‘onish davri madaniyatini chuqur tadqiq etishga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy va sharq renessansi” IV xalqaro simpoziumi doirasida sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.




Nufuzli anjumanda O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning taniqli olimlari, adabiyotshunoslar, tarixchilar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etib, Navoiy ijodiy merosi va uning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni yuzasidan qimmatli ma’ruzalar taqdim etdilar.
Sho‘ba yig‘ilishlarida, “Alisher Navoiy asarlarining zamonaviy talqini”, “Sharq renessansi madaniyati va ilm-fani”, “Navoiy ijodining jahon adabiyotiga ta’siri”, “Buyuk mutafakkir g‘oyalarining bugungi kundagi ahamiyati” singari dolzarb mavzular muhokama qilindi.



Tadbir davomida ilmiy ma’ruzalar tinglanib, yangi ilmiy izlanishlar natijalari taqdim etildi. Bu esa Alisher Navoiy merosini yanada chuqur o‘rganish va uni yosh avlodga yetkazishda muhim qadam bo‘ldi.
Yakunda esa konferensiya uchun ilmiy maqola va tezis yozgan ishtirokchilar sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.