AMERIKA SHOIRI GEKYO MARINAY O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETIDA

05.03.2025

AQSH shoiri Gekyo Marinay O’zbekiston milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Gekyo Marinay tomonidan Amerika Qo‘shma Shtatlarida obro‘ga ega bo‘lgan Mundus Artium Press nashriyotining Adabiyot va pedagogika sohalarida xizmatlari uchun Orfey matnlari tashakkurnomasi bilan bir guruh O‘zbekiston milliy universiteti professor-o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilari taqdirlandi.

Mehmon o‘z so‘zida yurtimizning betakror tabiati, shu bilan birga, azim Samarqand shahrida ziyoratda bo‘lgani, Samarqand minoralaridagi noyob rang-tasvirdan hayratlanganini ham aytib o‘tdi.

Badiiy ijod haqidagi fikr almashuv chog‘ida esa yurtimizdan chiqqan zabardast yozuvchilar Oybek, Abdulla Qodiriy haqida gapirar ekan, bu zamin qalami o‘tkir, zabardast yozuvchilar, adiblarni ulg‘aytirgan yurt ekanini e’tirof etdi.

Samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv o‘zbek-jahon adabiyoti va jurnalistikasi bilan do‘stona munosabatlarning yanada mustahkamlanishiga zamin bo‘ldi.

Asli kelib chiqishi albaniyalik bo‘lgan AQSH shoiri Gekyo Marinay 1965-yili Albaniyaning Mal’yesi shahrida tug‘ilgan. She’riyatning postmodernizm yo‘nalishida ijod qiluvchi Marinay tilshunoslik bo‘yicha fan doktori, yozuvchi va protonizm ta’limoti davomchisi hisoblanadi. 2001-yildan buyon Alban-Amerika Yozuvchilar uyushmasi raisi va ayni paytda Texas universiteti professoridir. Gekyo Marinay “Mundus Artium Press” nashriyoti direktori, “Mundus Artium” jahon adabiyoti va san’at jurnali muharriri bo‘lib, xalqaro “Jenima” mukofoti qo‘mitasiga raislik qiladi.

“Jenima” mukofoti 2004-yil “Insoniyat manfaatlari yo‘lida bitilgan ulug‘vor so‘zning yuksak ruhi va qudratiga minnatdorlik ifodasi” sifatida tashkil etilgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eighteen − seven =