ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI TALABALARI BILAN DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI
11.09.2023Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tomonidan «Why do I love my Motherland – Uzbekistan?» («Men nechun sevaman O’zbekistonni?») rukni ostida davra suhbati tashkil etildi.

Dastlab institutning o’tgan o’quv yilida erishgan yutuqlari, iqtidorli talaba-yoshlarning turli yo’nalishlardagi muvaffaqiyati, ular uchun yozgi oromgohda yaratilgan shart-sharoitlar va o’quv mashg’ulotlari, tadbirlar haqida ma’lumot berildi.
Suhbat davomida talabalar tomonidan yoshlikni, Vatanni tarannum etuvchi she’rlar ijro etildi hamda 2-bosqich talabalari tomonidan «Muqaddassan, mukarramsan, Jonajon Vatan!» deb nomlangan videotaqdimot namoyish etildi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.