Bugun Andijon davlat chet tillari institutida yangi 2023-2024-o’quv yili start oldi. Ushbu tadbirda institut rektori D.A.Rustamov boshchiligidagi rahbar-xodimlar, professor-o’qituvchilar, yangi qabul qilingan talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar.


Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlangan tadbirni institut rektori ochib berdi va barcha talaba-yoshlarni yangi o’quv yili hamda talabalar safiga qabul qilinganligi bilan tabrikladi.
Shundan so’ng institutda namunali faoliyat olib borayotgan bir qator xodimlarga Andijon viloyati hokimi Sh.Q.Abdurahmonov tomonidan yuborilgan Faxriy yorliqlar topshirildi.

Tadbir so’nggida har bir yo’nalishdan eng yuqori ball bilan talabalar safiga qabul qilingan talabalarga Talabalik guvohnomalari tantanali ravishda taqdim etildi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.