ANDIJONDA G.N.VOLKOV NOMIDAGI RUS TILI VA MADANIYATI MARKAZI O’Z FAOLIYATINI BOSHLADI

06.06.2022

Joriy yilning 30-may kuni Andijon davlat universitetining Pedagogika institutiga I.Y.Yakovlev nomidagi Chuvash davlat pedagogika universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ivanov Vladimir Nikolayevich hamda universitetning xalqaro aloqalar va innovatsiyalar bo‘limi boshlig‘i Kirillov Aleksandr Nikolayevich tashrif buyurdi.

Ayni shu kuni Andijon davlat universitetining Pedagogika institutida G.N.Volkov nomidagi rus tili va madaniyati markazi o’z faoliyatini boshladi.

Tashrif doirasida mehmonlar institutda tashkil etilgan mazkur markaz ochilishida ishtirok etdi.

Uchrashuv  yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi rahbarlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.