ANDIJONDA O‘ZBEKISTON–OZARBAYJON OLIY TA’LIM MUASSASALARI REKTORLARI I FORUMI BO’LIB O’TMOQDA

28.05.2025

Andijon davlat universitetida “O‘zbekiston–Ozarbayjon: oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokidagi birinchi forum o‘z ishini boshladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Idris Isayev, Andijon viloyati hokimligi, Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda ikki davlatning 50 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari qatnashmoqda.

Forum doirasida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolanishi, qo‘shma fakultetlar va ilmiy markazlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, rektorlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, mavjud yutuq va muammolar yuzasidan ochiq muloqotlar tashkil etiladi.

Mazkur forum O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, ilg‘or tajribalarni joriy etish va strategik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

15 − 6 =