AQSH ELCHIXONASI RELO OFISI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

08.09.2025

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQSH elchixonasi huzuridagi Hududiy ingliz tili ofisi (Regional English Language Office – RELO) vakillari hamda ingliz tili bo‘yicha mutaxassislar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida qator masalalar bilan bir qatorda – RELO dasturlari orqali AQSHlik ingliz tili o‘qituvchilarini O‘zDJTUga ma’ruza va seminar-treninglarga jalb qilish; AQSH Davlat departamenti ko‘magida an’anaviy xalqaro konferensiyalarni tashkil etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish; AQShlik mutaxassis, doktor Chiramontenning 1-ingliz tili, ingliz filologiyasi fakultetlari hamda malaka oshirish kurslarida darslarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari hamda talabalariga xalqaro imkoniyatlarni kengaytirishga kelishib oldilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four + 14 =