AQSH–O‘ZBEKISTON HAMKORLIGI: TA’LIM SOHASIDA YANGI UFQLAR SARI
17.05.2025AQShning Yuta shtati Senati Prezidenti Adams Styuart va Jahon savdo tashkiloti rahbari Jef Fleyk boshchiligidagi delegatsiya Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.



Mehmonlarni vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi delegatsiya kutib oldi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa texnika va muhandislik yo‘nalishlarida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Suhbat chog‘ida energetika, axborot texnologiyalari, mashinasozlik, arxitektura va qurilish, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot hamda farmasevtika sohalarida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.



Aytib o’tish joizki, hozirgi kunda O‘zbekistonning 40 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi AQShning 25 dan ortiq universitet va ta’lim tashkilotlari bilan memorandumlar asosida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Ushbu hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va forumlar, malaka oshirish dasturlari, shuningdek, amerikalik mutaxassislarning O‘zbekiston OTMlarida dars o‘tishi kabi loyihalar amalga oshirilmoqda.
Adams Styuart joriy yilning may oyida Samarqandda o‘tkazilgan AQSh–O‘zbekiston qo‘shma ilmiy konferensiyasini misol qilib keltirib, bu kabi tashabbuslar ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirdi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.