CHET TILLARGA QO’YILADIGAN ZAMONAVIY TALABLARNI O’RGANISH VA TUSHUNISHGA BAG’ISHLANGAN SEMINARGA START BERILDI

11.11.2023

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida «Exploring and understanding today’s demands for foreign languages: Going beyond English language competencies» mavzusidagi 2 oyga mo’ljallangan seminar-kursining ochilishi bo’lib o’tdi.

Seminar-kursga start berilishi munosabati bilan tadbirga AQShdan trener Arria Hauldin tashrif buyurdi va “Teaching foreign languages in an Era of Globalization” mavzusida taqdimot namoyish etdi.