AQSHLIK TALABALAR UCHUN NAVBATDAGI «O’ZBEK TILI VA MADANIYATI» KURSI BOSHLANDI
11.05.2023Samarqand davlat chet tillar institutida xorijlik talabalar uchun navbatdagi «O’zbek tili va madaniyati» maxsus kursining faoliyati boshlandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy universitetlar va tashkilotlar bilan hamkorlikda «O’zbek tili va madaniyati» maxsus kurslari va yozgi maktablar faoliyati muntazam tashkil etilib kelmoqda.
Jumladan, 10-may kuni AQShning Indiana universiteti (Indiana University Bloomington)ning 8 nafar talabalari uchun 10 kunlik maxsus o’quv kursi boshlandi.
Maxsus kurs doirasida, xorijlik talabalarga institut o’qituvchilari tomonidan nafaqat o’zbek tili darslari, balki o’zbek milliy madaniyati, urf-odatlar, O’zbekiston tarixi va geografiyasi kabi mavzularda ma’ruzalar o’tiladi.




No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.