AQSHNING BRIGHAM YOUNG UNIVERSITETI PROFESSORI BILAN QATOR LOYIHALAR YUZASIDAN FIKR ALMASHILDI

16.01.2026

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQShning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – Brigham Young universiteti professori Toni Braunning rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda rektor I.Tuxtasinov boshchiligidagi universitet rahbariyati hamda xalqaro hamkorlik mas’ullari ishtirok etdi.

Muloqot davomida tomonlar ikki universitetning ta’lim jarayoni, ilmiy faoliyati va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, Brigham Young universiteti bilan akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy va ta’lim loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirdilar hamda kelgusida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga kelishib oldilar.