AQSHNING BRIGHAM YOUNG UNIVERSITETI VAKILI SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTIGA TASHRIF BUYURDI
13.09.2025Samarqand davlat chet tillar institutida AQShning nufuzli Brigham Young universiteti vakili Elizabet Klark bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Institut rektori Bahodir Xoliqov va mehmon ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishdi. Talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar va akademik dasturlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.


Uchrashuv yakunida Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Brigham Young universiteti o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolashga kelishib olindi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.