AQSHNING O’ZBEKISTONDAGI ELCHISI ROZENBLUM BILAN SUHBAT: «ELCHI BILAN TANISHING»

18.11.2019

Bugun, 18-noyabr kuni AQShning O’zbekistondagi elchisi Rozenblum bilan facebook orqali suhbat bo’lib o’tadi.

“Aziz do’stlar, 18-noyabr kuni soat 16:00-17:00da elchi Rozenblum bilan Facebook orqali suhbat uyushtirishdan xursandmiz. Elchi sizning savollaringizga ushbu xabarga izoh sifatida javob beradi. Savollaringizga javob olish uchun bu ajoyib imkoniyatni qo’ldan boy bermang”, – deyiladi Amerikaning O’zbekistondagi elchixonasi rasmiy sahifasida.