ARAB TILI KAFEDRASI TASHABBUSI BILAN “PRESS-KLUB» TO’GARAGI TASHKIL ETILDI

28.11.2025

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Arab tili kafedrasi tahsabbusi bilan talabalarga jurnalistika madaniyatini o’rgatish maqsadida «نادي الصحافة» (Press-klub) nomli ilmiy-amaliy to’garak tashkil etildi.

Chet eldan tashrif buyurgan va hozirda universitetda faoliyat yuritayotgan mutaxassis, ustoz Ahmad Al-Zubaydiy talabalarni jurnalistika sohasida zarur bo’lgan ko’nikmalar bilan tanishtirdi.

Arab tilida o’tkazilayotgan darslar orqali ularning sohaviy va til bilish mahoratini rivojlantirish ko’zda tutilgan.