ARGENTINA OTMLARI BILAN HAMKORLIK QILISH BO‘YICHA KELISHUV OLIB BORILDI
20.03.2025O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov Argentinaning O‘zbekiston uchun mas‘ul favqulodda va muxtor elchisi hamda Hamdo‘stlik davlatlari bo‘yicha vaziri hamda bosh konsuli bilan uchrashdi.



Muloqotda rektor Ilxomjon Tuxtasinov O‘zbekistonda ta‘lim va fan sohasida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar, O‘zDJTU ning faoliyati va Argentina OTMlari bilan hamkorlik bo‘yicha aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ma‘lum qildi. Elchi janoblari aloqalarni mustahkamlashga tayyor ekanligini ma‘lum qildi hamda universitet vakillariga ushbu yo‘nalishda har qanday yordam ko‘rsatishini ta‘kidlab o‘tdi.
Uchrashuvda qatgashgan vazir janoblari O‘zbekiston Respublikasi bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga katta qiziqish borligini e‘tirof etdi.
Tomonlar kelgusida ta‘lim va ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida kelishib oldilar.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.