BAHRAYNDA “O‘ZBEKISTON – JAHON MEROSINING NODIR O‘CHOG‘I” NOMLI MADANIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

18.02.2025

Samarqand shahrida 2025-yil bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti delegatsiyasi tomonidan Bahraynning Manama shahrida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir avvalida Bahraynning yetakchi turizm firmalari uchun O’zbekistonning turizm salohiyatiga oid taqdimotlar qilindi. Uchrashuv ishtirokchilari O’zbekistonni yangi kashf qilishganliklarini va bahraynlik sayyohlar uchun eng ma’qul turizm manzili bo’lishini e’tirof etishdi. “Biz arablar uchun halol ovqatlar va chiroyli tabiat har doim qiziq bo’lgan. Lekin, O’zbekistonda ular bilan birga ziyorat turizm imkoniyatlari borligi bizni yanada qiziqtirdi” dedi “As-siyaha maana” turizm kompaniyasi rahbari Mohammed Qader. Lekin bahraynlik sayyohlar uchun maxsus turpaketlar ishlab chiqish zarurati borligi ma’lum bo’ldi.

Tadbir ikkinchi qismida Bahraynning turli rasmiy tashkilotlar rahbarlari, diplomatik korpus, xorijlik mehmonlar, keng jamoatchilik vakillari hamda O’zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Podshohligi vakillari qatnashdi. O’zbek taomlari va mehmondo’stligiga oid taqdimotlar qilindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

11 − three =