BAKALAVRIAT VA MAGISTRATURADA TAʼLIM TAKOMILLASHTIRILGAN STANDARTLAR ASOSIDA OLIB BORILADI

19.08.2025

Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev rahbarligida vazirlik huzuridagi Oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Kengashda 2025/2026 o‘quv yilidan sinov tariqasida joriy etilishi belgilangan 5 ta oliy ta’lim muassasasi uchun ishlab chiqilgan 18 ta bakalavriat va 14 ta magistratura yo‘nalishiga oid o‘quv-uslubiy hujjatlar muhokama qilindi. Mazkur hujjatlar to‘plami malakalar talabi, fanlar kataloglari hamda o‘quv dasturlarini (sillabus) qamrab olib, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqilgani ta’kidlandi.

Shuningdek, ta’lim dasturlari xalqaro standartlarga mos ravishda integratsiya jarayonlarini kuchaytira olishi, kredit-modul tizimi orqali talabalarning xorijda o‘qishi va tajriba almashishi uchun keng imkoniyat yaratishi qayd etildi. Yangidan ochilgan 26 ta bakalavriat yo‘nalishi va 107 ta magistratura mutaxassisliklarining malakalar talabi va fanlar kataloglari esa kadrlar buyurtmachalari ehtiyojlari hamda mehnat bozoridagi so‘nggi tendensiyalar asosida takomillashtirilib, kelgusi o‘quv yilidan amaliyotga joriy etilishi belgilandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

six + 10 =