BAKUDA UCHINCHI XALQARO ILMIY KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI
11.04.2025Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori A.Qirg’izboyev Ozarbayjondagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish va investisiyalarni jalb qilish maqsadida Ozarbayjon davlatiga tashrif qildi.


Baku-Slavyan universitetida rektor A.Nagiyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturini ochish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, Baku-Slavyan universitetida “Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari: Teng imkoniyatlar va barqaror rivojlanish” mavzusida uchinchi xalqaro ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro konferensiyaga Finlyandiya, Polsha, Vengriya, Turkiya va ko‘plab xorijiy mamlakatlardan oliy ta’lim muassasalari vakillari taklif qilingan.


Xalqaro konferensiya arafasida universitetda Ozarbayjon milliy madaniyati va rivojlanishini aks ettiruvchi ko‘rgazma tashkil qilindi. Ko‘rgazmada talabalar tomonidan ishlangan asarlar, Ozarbayjon xalqini urf-odatlarini, an’analarini va tarixini aks ettiruvchi turli xil tasviriy san’at va eksponatlar namoyish qilindi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.