BAUMAN NOMIDAGI MOSKVA DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI FILIALI TASHKIL ETILADI
18.09.2025“Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–276-son, 08.09.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan muhandislik sohasida:
– innovatsion yondashuvlarni qo‘llay oladigan, chuqur ilmiy-texnik bilimlarga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
– fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish.
Filialda ta’lim faoliyati 2026/2027-o‘quv yilidan boshlanadi.
Filialga talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
2025/2026-o‘quv yilidan Moskva davlat texnika universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.