BA’ZI MAKTABLARDA STEM FANLAR CHET TILIDA O‘QITILADI

03.04.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Unga ko’ra, agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda stem fanlarini ingliz tilida oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi, bundan tashqari:

-chet tilini bilish bo‘yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida o‘qitish amaliyoti joriy etiladi;

-2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

-matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar (science), informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darslarni chet tilida olib borgan o‘qituvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 100 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.