BELGOROD MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

03.02.2026

Samarqand davlat chet tillar institutida Rossiya Federatsiyasining Belgorod Milliy tadqiqot universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va uning ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, 2026–2027 o‘quv yilida Belgorod Milliy tadqiqot universiteti talabalari uchun Samarqand davlat chet tillar institutida yozgi maktablar tashkil etish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, shuningdek, ilmiy va uslubiy yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan kelgusi rejalar belgilab olindi.

Shuningdek, uchrashuvda o‘quv jarayonini muvofiqlashtirish, amaldagi hamkorlik memorandumlari doirasida aniq va amaliy qadamlarni belgilash masalalari atroflicha muhokama qilinib, tomonlar o‘rtasida o‘zaro kelishuvlarga erishildi.