BEPUL ONLAYN TRENING: «ONLAYN MEDIADA ZAMONAVIY REPORTAJ»

10.08.2022

Internews professional jurnalistlar va onlayn OAV muharrirlarini «Onlayn mediada zamonaviy reportaj» bepul onlayn treningiga taklif etadi.

Trening sanasi —2022-yil 24-avgustdan 5-sentyabrgacha.

Treningda nimalarni o’rganasiz:

  •  Turli xildagi va shakldagi sifatli onlayn reportajlarni tayyorlashni
  •  Fotograf va dizaynerning yordamisiz reportaj uchun vizual kontent yaratishni;
  •  Zamonaviy IT vositalari yordamida klassik jurnalistik reportajni samarali multimedia loyihasiga aylantirishni.

Ishtirokchilar media-murabbiy bilan mentorlikda va onlayn OAV reportaji uchun stipendiya dasturida qatnashish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

O’qitish tili – ruscha/ O’zbekcha (sinxron tarjima).

Hujjat topshirish muddati — 17-avgust 2022-yil, Toshkent vaqti bilan soat 23:00 gacha.

Batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun HAVOLA