“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” SPORT MUSOBAQALARIGA START BERILDI
21.09.2025Toshkent axborot texnologiyalari universitetida oliy va kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalarini qamrab oluvchi “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalariga rasmiy start berildi.




Oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida mini futbol, voleybol, stritbol, yengil atletika va stol tennisi bo‘yicha 4 bosqichli (fakultet – oliy taʼlim muassasasi – hududiy – respublika) musobaqalar o‘tkaziladi.
Umumiy hisobda yil davomida 700 ming nafar o‘quvchi va talabaning qamrab olinishi rejalashtirilgan.
“Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlarning iste’dodini yuzaga chiqarish, ularni jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk shaxs sifatida tarbiyalash, hamjihatlik va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.



No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.