BIRINCHI OʻZBEKISTON – YAPONIYA UNIVERSITETI TASHKIL ETILADI

21.12.2025

Tokioda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining muzokaralari boʻlib oʻtdi.

Gumanitar almashinuvlarni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasi anʼanaviy ravishda ushbu koʻp qirrali munosabatlarning muhim qismi sanaladi.

Yoshlarga kelgusida tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni egallashiga keng imkoniyatlar taqdim etayotgan Oʻzbekiston – Yaponiya Inson resurslarini rivojlantirish markazi mamlakatimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Davlatlararo hamkorlikning deyarli barcha sohalarini qamrab olgan Oʻzbekiston – Yaponiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Oʻzbekistondagi 7 ta oliy taʼlim muassasasida yapon tili oʻqitilmoqda. Tokio chet tillar universitetida mana 10 yildirki, oʻzbek tili oʻrganilmoqda.

Rektorlar forumi kadrlar tayyorlash sohasida tajriba almashish uchun muhim maydon boʻlib xizmat qilmoqda. Bugun Yaponiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Hamkorlik dasturlari, ilmiy va innovatsion almashinuvlarni kengaytirish boʻyicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Sukuba universiteti bilan birgalikda Toshkent shahrida birinchi Oʻzbekiston – Yaponiya universitetini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Yakunda Oʻzbekiston Prezidenti va Yaponiya Bosh vaziri Kelgusi avlodlar uchun kengaytirilgan strategik sheriklik toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonotni imzoladilar.