BOKUDA «II O‘ZBEKISTON – OZARBAYJON MEDIAFORUMI» BO‘LIB O‘TDI

03.10.2025

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida II Ozarbayjon–O‘zbekiston mediaforumi o‘tkazildi.

Unda O‘zbekistondan 30 dan ortiq media va OAV vakillari, jurnalistika va kommunikatsiya sohasi mutaxassislari, PR ekspertlari, davlat tashkilotlari vakillari, rahbarlari, shuningdek, O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Mediaforum ikki qardosh mamlakat o‘rtasida tajriba almashish, yangi tashabbuslarni muhokama qilish va hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun muhim maydonga aylandi.