BOLGARIYANING OLIY TA`LIM MUASSASASI REKTORI O`ZMUDA

12.02.2024

Bolgariyaning Sofiya shahridagi Milliy va jahon xo‘jaligi universiteti rektori Dimitar Dimitrov boshchiligidagi delegatsiya O’zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida, ikki oliy taʼlim muassasasi vakillari Erasmus+ dasturi doirasida talabalar va o‘qituvchilarning almashinuvini yo‘lga qo‘yish va kelgusida turizm sohasida o‘quv taʼlim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, hamda professor-o‘qituvchilarning stajirovkalarini tashkil qilish borasida fikr almashishdi.